«surxondaryo viloyati» tegli maqolalar


Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
29 aprel 2021, 10:29

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 aprel 2021, 16:20

Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi
8 aprel 2021, 11:28

Surxondaryoda qulab tushgan elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari qayta tiklandi

4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.

20 yoshli qizga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 mart 2021, 12:31

20 yoshli qizga majburan uylanmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida erkak 20 yoshli qizni unga turmushga chiqishga majburlamoqchi bo‘ldi. Mazkur shaxs tanishlari bilan birgalikda qizni majburan mashinaga o‘tqazgan va qiz roziligini berganidagina qo‘yib yuborgan.

Surxondaryolik fuqaro sobiq xotini va uning onasini o‘ldirishga qotil yolladi
1 mart 2021, 12:49

Surxondaryolik fuqaro sobiq xotini va uning onasini o‘ldirishga qotil yolladi

Surxondaryolik fuqaro opasi bilan kelishgan holda sobiq xotini va uning onasini o‘ldirish maqsadida qotil yolladi. Ular buning evaziga yaqinda qamoqdan chiqqan fuqaro D.ga 3 mln so‘m taklif qilgan. Natijada, ular viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

Surxondaryoda Nexia turtib yuborgan velosipedchi og‘ir jarohatdan vafot etdi
25 yanvar 2021, 16:55

Surxondaryoda Nexia turtib yuborgan velosipedchi og‘ir jarohatdan vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 25 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida 20 yoshli velosipedchini turtib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan vilosipedchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.

Surxondaryoda haydovchiga «yalingan» YPX xodimi ishdan olindi
8 yanvar 2021, 12:44

Surxondaryoda haydovchiga «yalingan» YPX xodimi ishdan olindi

Surxondaryo viloyatida haydovchidan uzr so‘rab, o‘zaro kelishishni so‘ragan YPX xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi.

«Kampirtepa» qal’asi devorining buzilganligi bo‘yicha Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazadi
11 dekabr 2020, 14:29

«Kampirtepa» qal’asi devorining buzilganligi bo‘yicha Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazadi

Surxondaryo viloyatidagi «Kampirtepa» qal’asi devori qulaganidan so‘ng, akademik E.V.Rtveladze bunday buzilishlar o‘tgan yili ham bo‘lganligi va bu ataylab qilinganligini ta’kidladi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
4 dekabr 2020, 16:01

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Fayzulla Mamanov Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Denov tumaniga hokim tayinlandi
5 noyabr 2020, 21:18

Denov tumaniga hokim tayinlandi

Mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lgan Rustam Pardayev Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prikni ta’mirlash uchun 9,6 mlrd so‘m ajratiladi
5 oktabr 2020, 13:56

6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prikni ta’mirlash uchun 9,6 mlrd so‘m ajratiladi

Surxondaryo viloyatida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan va bir yarim yildan so‘ng qulab tushgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi. Ko‘prikning qulashiga tabiiy ofat sababchi qilib ko‘rsatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting